LOGISTIK TERMINALLAR FAOLIYATINI EKSPERT BAHOLASH USULI ASOSIDA TADQIQ ETISH
Annotatsiya
Logistik terminallar faoliyatini kompleks baholash maqsadida ekspert baholash usuli va Analitik ierarxiya jarayoni (AIJ) qo'llanildi. Tadqiqot "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ tarkibidagi 20 dan ortiq logistika markazlari va terminallar misolida 350 nafarga yaqin respondent ishtirokida amalga oshirildi. Natijalar ekspluatatsion samaradorlik (0,337) hamda texnik-texnologik parametrlar (0,256) logistik terminallar faoliyatiga eng katta ta'sir ko'rsatuvchi mezonlar ekanligini ko'rsatdi. Muvofiqlik nisbati 2,9 % ni tashkil etib, ekspert baholarining ishonchliligini tasdiqladi. Taklif etilgan metodika logistik terminallar faoliyatini baholash hamda ularni rivojlantirishga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilishda amaliy ahamiyat kasb etadi.