Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy sohadagi islohotlar
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy sohadagi islohotlarning konseptual, huquqiy-institutsional va amaliy mazmuni ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy davlat tamoyilining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, ehtiyojmand aholi qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlar tizimini yangilash masalalari o‘rganiladi. Shuningdek so‘nggi yillardagi islohotlarning asosiy xususiyati ijtimoiy yordamni passiv nafaqa berish amaliyotidan inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasiga olib tushirish va ehtiyojni individual baholashga asoslangan faol ijtimoiy siyosat modeliga o‘tkazish kabilar yorotilgan.