Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DAVLAT XARIDLARIDA NARX SHAKLLANISHINING SHAFFOFLIGINI TA'MINLASH VA VOSITACHILIK ZANJIRLARI ORQALI NARX OSHIRISH XAVFLARINI KAMAYTIRISH

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Davlat xaridlarida boshlang'ich narxni shakllantirish, vositachilik zanjirlari, o'zaro bog'liq ishtirokchilar va shartnomalar ijrosi bilan bog'liq narx xavflari tahlil qilinadi. O'zbekistonning amaldagi normativ-huquqiy bazasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Jahon banki, Yevropa Ittifoqi va AQSHning davlat xaridlari sohasidagi yondashuvlari bilan qiyosiy o'rganiladi. Narx shakllanishining shaffofligini oshirish, iqtisodiy jihatdan asoslangan raqobat muhitini ta'minlash va budjet mablag'laridan samarali foydalanishga qaratilgan yettita amaliy mexanizm taklif etiladi. Ushbu mexanizmlar yuqori xavfli xaridlarni aniqlash, boshlang'ich narxni asoslash, narx zanjiri deklaratsiyasini joriy etish, ishtirokchilarning huquqiy maqomini tekshirish, narx indikatorlaridan foydalanish, ma'lumotlar integratsiyasini ta'minlash hamda shartnomalar ijrosini monitoring qilishni o'z ichiga oladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba