Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Quyoshli biogaz qurilmalarining reaktorlarida substrat haroratini barqaror ta'minlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Alinazarov A.XNamangan davlat texnika universitetiJuraxanov D.MNamangan davlat texnika universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada quyoshli-biogaz qurilmalarining reaktorlarida substrat haroratini nazorat qilish tizimlari o‘rganilgan. Ishlab chiqilgan issiqlik akkumulyatorli quyosh havo isitgichli biogaz qurilmasining tajribaviy nusxasi bayon etilgan va Namangan sharoitida sinashdan o‘tkazilgan.Tajribalar asosida davomida qurilmaning havo oralig‘i harorati, tashqi havo harorati va substrat harorati soatlik o‘zgarishi ko‘rsatilgan.Tashqi havo haroratining kunlik o‘rtacha tebranishi 14,2°C ni tashkil etishi va substrat haroratining kunlik tebranishi atiga 3,1°C ga teng bo‘lishi, termal bufer samaradorligi η = 78,3% bo‘lishi aniqlangan.Taklif etilayotgan qurilmaning qattiq to‘ldirgichli issiqlik akkumulyatorining ishlash tartiblari ilk marotaba yoritilgan va substrat harorat barqarorligini ta’minlashi eksperimental usulda isbotlangan. Olingan natijalar quyoshli biogas qurilmalarida metanogen bakteriyalar uchun barqaror issiqlik muhitini ta’minlash imkoniyatlari yoritilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar