Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MARKETING RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAQOBATBARDOSHLIGIGA TA’SIRINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH (Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalari misolida)

Sevinchbek EgamovMa’mun universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Tezisda oliy ta’lim muassasalari (OTM) marketing resurslaridan foydalanish samaradorligining raqobatbardoshlikka ta’siri ikki bosqichli ekonometrik yondashuvda modellashtiriladi. Birinchi bosqichda marketing samaradorligi (ME) ma’lumotlar o‘rami tahlili (DEA) orqali — kirishlarning natijaviy chiqishlarga aylanish unumi bo‘yicha — baholanadi; ikkinchi bosqichda raqobatbardoshlik indeksi (RQI) panel regressiya (tasodifiy effektlar) modelida ME va institutsional omillarga bog‘lanadi. Obyekt — Xorazm viloyati OTMlari. Natijalar ME ning RQIga musbat va yuqori darajada ahamiyatli ta’sirini tasdiqlaydi: marketing resurslarini samarali boshqarish OTM bozor mavqeining muhim omilidir.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba