Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SANOAT KORXONALARIDA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Eshqobilova Nargiza MengnarovnaDenov tadbirkorlik va pedagogika instituti Raqamli iqtisodiyoti kafedrasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada sanoat korxonalarida iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi asosiy omillar tizimli ravishda tahlil qilinadi. Kapital qo‘yilmalar, mehnat unumdorligi, inson kapitali, texnologik yangilanish, innovatsiyalar, boshqaruv sifati, bozor talabi va resurslardan foydalanish samaradorligining o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Surxondaryo viloyati sanoati misolida ishlab chiqarish hajmining o‘sishini faqat miqdoriy kengayish bilan baholash yetarli emasligi, real ishlab chiqarish dinamikasi hamda qo‘shilgan qiymat va resurs qaytimi kabi ko‘rsatkichlarni birgalikda qo‘llash zarurligi asoslanadi. Tadqiqotda tizimli tahlil, taqqoslash, iqtisodiy-statistik kuzatish va ishlab chiqarish funksiyasiga asoslangan ekonometrik yondashuv taklif etiladi. Cobb–Douglas funksiyasi doirasida kapital va mehnat elastikliklarini baholash, umumiy omillar unumdorligini tahlil qilish hamda investitsiyalar natijadorligini tekshirish yo‘llari ko‘rsatiladi. Yakunda sanoat korxonalari samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar