Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Sun'iy intellekt asosida robot manipulyatorlarda obyektlarni avtonom tutib olish: gibrid cnn–drl yondashuvi

Gofurjanov I.Turan International universitySharipov JTuran International university
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada robot manipulyatorlarda obyektlarni avtonom tutib olish masalasini sun'iy intellekt usullari yordamida yechishning yangi yondashuvi taklif etilgan. Tadqiqotning maqsadi sanoat robotlari uchun ko‘rish tizimi va chuqur o‘qitish algoritmlarini integratsiyalashgan holda samaradorligi yuqori bo‘lgan tutib olish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Ishlab chiqilgan gibrid usul YOLOv8 konvolyutsion neyron tarmog‘i yordamida obyektlarni real vaqtda aniqlash, GG-CNN tarmog‘i orqali optimal tutib olish nuqtasini hisoblash va Proximal Policy Optimization (PPO) algoritmi yordamida harakat siyosatini takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. PyBullet fizik simulyatsiya muhitida Cornell Grasp Dataset ma'lumotlari asosida o‘tkazilgan tajribalar tutib olish muvaffaqiyat darajasi 92,4% ga yetganini ko‘rsatdi. Bu klassik geometrik usullarga nisbatan 14,7 foiz birlikka yuqori natijadir. Taklif etilgan yondashuv sanoat avtomatlashtirilishi, omborxona logistikasi va xizmat ko‘rsatuvchi robototexnika sohalarida amaliy qo‘llanilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar