Namangan viloyatida raqamli logistika texnologiyalarini joriy etishning istiqbollari
Annotatsiya
Mazkur maqolada Namangan viloyati logistika tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida viloyat transport-logistika infratuzilmasining mavjud holati, logistika xizmatlarining raqamlashtirilish darajasi hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda statistik tahlil, SWOT tahlili, qiyosiy tahlil va ekspert baholash usullaridan foydalanildi. Natijalar GPS monitoring, RFID, WMS, TMS, IoT va aqlli transport tizimlarini joriy etish logistika xarajatlarini kamaytirish, transport jarayonlarini optimallashtirish va xizmatlar sifatini oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida Namangan viloyati uchun raqamli logistika modeli taklif etildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, taklif etilgan texnologiyalarni joriy etish logistika xarajatlarini 10–15 foizga kamaytirish, yuklarni yetkazib berish muddatlarini 20–25 foizga qisqartirish va logistika xizmatlari sifatini 20–30 foizga oshirish imkonini beradi.