Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

IMOM ABU HOMID G'AZZOLIY ILMIY-MA'RIFIY MEROSI ASOSIDA OLIY TA'LIM TALABALARINI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHNING METODOLOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Y. OchilovTermiz davlat pedagogika instituti, pedagogika kafedrasi v.b dotsenti, p. f. b. f. d. (PhD)
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Imom Abu Homid G'azzoliyning ilmiy-ma'rifiy merosini oliy ta'lim talabalarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoniga tatbiq etishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Mutafakkirning "Ihyou ulum ad-din", "Mizon al-amal" va "Ayyuhal-valad" asarlaridagi ilm va amal birligi, nafs tarbiyasi, muhosaba, i'tidol hamda muallim odobi haqidagi g'oyalari zamonaviy pedagogik tamoyillarga transformatsiya qilingan. Tadqiqotda tarixiy-germenevtik, aksiologik, tizimli-strukturaviy va kompetensiyaviy yondashuvlar uyg'unlashtirilgan. Natijada maqsadli, mazmuniy, texnologik va baholovchi komponentlardan iborat takomillashtirilgan metodologik model, ma'naviy-axloqiy tarbiyalanganlikning to'rt mezonli diagnostik tizimi hamda oliy ta'lim amaliyoti uchun ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba