O‘zbekistonda inson kapitali sifatini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda inson kapitali sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar tizimlashtirilgan va ularning ta’siri rasmiy statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Omillar iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional, infratuzilmaviy va texnologik guruhlarga ajratildi. Jahon bankining 2026 yilgi HCI+ ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekiston va Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasi o‘rtasidagi 70 ballik tafovut tarkibiy qismlarga ajratildi. Natijalarga ko‘ra, tafovutning 68,6 foizi ta’lim, 28,6 foizi bandlik va atigi 2,9 foizi salomatlik ustuniga to‘g‘ri keladi. 2015 - 2024 yillar dinamikasi tahlili oliy ta’lim qamrovi (7,0 foizdan 47,7 foizga), internetdan foydalanish (42,8 foizdan 89,5 foizga) va sog‘liqni saqlash xarajatlarining sezilarli o‘sishini, ishsizlik darajasining esa 10,5 foizdan 5,5 foizga kamayishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ayollarning iqtisodiy faolligi past darajada (41,3 foiz) qolmoqda va HCI+ bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farq 37 ballni tashkil etadi. Ta’lim sifati, rasmiy bandlik va ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan