Xalqaro avtomobil transporti tashuvlarini boshqarishda integratsiyalashgan axborot ta'minoti tizimini takomillashtirish
Annotatsiya
Maqolada xalqaro avtomobil transporti tashuvlarini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalari tadqiq etilgan. Mavjud transport-logistika axborot tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, GPS/GLONASS, IoT, RFID, e-CMR, Big Data va sun'iy intellekt texnologiyalariga asoslangan integratsiyalashgan axborot ta'minoti tizimi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari taklif etilgan tizimni joriy etish transport xarajatlarini 13,6 % ga, yetkazib berish muddatini 16,7 % ga kamaytirishi hamda mijozlar qoniqish darajasini 17,1 % ga oshirishi mumkinligini ko'rsatdi. Taklif etilgan tizim transport-logistika jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.