MASOFAVIY TA’LIM MUHITIDA MAGISTR TALABALARNING FAOLLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL MENEJMENT TEXNOLOGIYALARI (ZOOM VA MOODLE PLATFORMALARI MISOLIDA)
Annotatsiya
Ushbu maqolada masofaviy va gibrid mustaqil ta’lim muhitida magistr talabalarning bilish faolligi hamda sub’yektiv jalb qilinganligini oshirishda zamonaviy interfaol menejment texnologiyalarining roli eksperimental tadqiq etilgan. Izlanishlar Osiya xalqaro universiteti magistr talabalari negizida, Zoom va Moodle platformalarining integratsiyalashgan boshqaruv imkoniyatlari misolida olib borildi. Tadqiqot jarayonida onlayn darslarda vaqt reglamentini boshqarish muammolari va talabalarning mustaqil vizual taqdimotlar tayyorlash samaradorligi tahlil qilindi. Olingan amaliy natijalar vaqt resurslarini to‘g‘ri taqsimlash va interfaol boshqaruv vositalaridan foydalanish masofaviy darslarning ilmiy va pedagogik sifatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan