MIYA O‘SMASI SEGMENTATSIYASIDA SINFLAR NOMUTANOSIBLIGI MASALASINI YECHUVCHI TO’RT KOMPONENTLI KOMBINATSIYALANGAN XATOLIK FUNKSIYASI
Annotatsiya
Magnit-rezonans tomografiya tasvirlarida miya o'smasi sohalarini ajratish masalasi bir vaqtning o'zida uchta o'zaro bog'liq qiyinchilik bilan yuzlashadi: patologik voksellar umumiy hajmning bir necha foizini tashkil etadi; klinik jihatdan eng muhim sohalar eng kichik hajmga ega; o'sma va sog'lom to'qima orasidagi chegara ko'pincha bir necha vokselli o'tish zonasidan iborat. Yakka yo'qotish funksiyasi bu uch muammoni bir vaqtda qamrab ololmaydi, mavjud kombinatsiyalangan yechimlar esa odatda ikki komponent bilan cheklanadi. Maqolada hajmiy ustma-ustlikni optimallashtiruvchi, voksel darajasida tasniflashni ta'minlovchi, qiyin misollarga e'tiborni kuchaytiruvchi va yolg'on manfiy javoblarni maqsadli jazolovchi to'rtta komponentni birlashtiruvchi xatolik funksiyasi taklif etilgan. Yakuniy model 250 ta validatsiya holatida 0,8610 o‘rtacha Dice va 4,17 mm o‘rtacha HD95 ko‘rsatkichiga erishdi.