Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

GIPPOLOGIK TERMINLARNING TARJIMASIDA LINGVOMADANIY LAKUNALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Uktam AbdinazarovTermez iqtisodiyot va servis universiteti, v b
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz tilidagi gippologik terminlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvomadaniy lakunalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etiladi. Gippologik terminologiya ot zotlari, otchilik, naslchilik, ot sporti, otlarni parvarishlash, ot anatomiyasi, rang-tus xususiyatlari hamda ot bilan bog‘liq an’anaviy va kasbiy faoliyatga oid ko‘plab terminologik birliklarni qamrab oladi. Ingliz va o‘zbek xalqlarining otchilik an’analari, tarixiy tajribasi va milliy-madaniy qadriyatlaridagi farqlar ayrim gippologik birliklarning boshqa tilda to‘liq ekvivalentga ega bo‘lmasligiga olib keladi. Natijada tarjimada lingvomadaniy lakunalar yuzaga keladi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, lingvokulturologik, komponent, kontekstual va tarjima-transformatsion tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari lingvomadaniy lakunalarni absolyut, nisbiy, leksik, semantik va kontekstual guruhlarga ajratish mumkinligini ko‘rsatadi. Ularni tarjima qilishda tavsifiy tarjima, funksional analog, konkretlashtirish, umumlashtirish, izohlash, kalkalash va transliteratsiya kabi strategiyalardan foydalanish samarali hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar