MUSIQA TA’LIMI JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada musiqa ta’limi jarayonida o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari ilmiy nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Musiqa san’atining shaxs ma’naviy dunyosini shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy va madaniy merosga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, estetik didni rivojlantirish hamda axloqiy fazilatlarni mustahkamlashdagi o‘rni yoritiladi. Milliy musiqa namunalaridan ta’lim jarayonida maqsadli va metodik jihatdan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, xalq an’analariga hurmat, insonparvarlik va ma’naviy mas’uliyat kabi fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Maqolada musiqa darslarini tashkil etishda tarixiy qo‘shiqlar, xalq kuy va ashulalari, maqom, an’anaviy ijrochilik namunalari hamda zamonaviy musiqiy asarlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi ochib beriladi.