BINOLARNING TASHQI DEVORLARINI QO'SHIMCHA ISSIQLIK IZOLYATSIYALASH TADBIRLARINING O'ZINI OQLASH MUDDATINI HISOBLASH
Annotatsiya
Annotatsiya. Maqolada mavjud turar joy binolarining tashqi devorlarini qo‘shimcha issiqlik izolyatsiyalash tadbirlarining texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Nukus shahrida joylashgan, issiqlik himoyasi zamonaviy me’yoriy talablarga to‘liq javob bermaydigan mavjud turar joy binosi qabul qilingan. Hisoblashlarda QMQ 2.01.04-2018 talablaridan, binoning amaldagi va talab etiladigan issiqlik uzatishga keltirilgan qarshiligidan hamda mineral paxtaning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentidan foydalanilgan. Energiya sarfi va iqtisodiy samaradorlikni aniqlash uchun isitish davrining gradus-sutkalari (ГСОП), tabiiy gaz sarfi, energiya tarifi va issiqlik izolyatsiyasiga sarflanadigan kapital xarajatlar hisobga olingan. Hisoblash natijasida tashqi devor uchun 70 mm qalinlikdagi mineral paxta izolyatsiyasi qabul qilinib, kapital xarajatlar va ekspluatatsion xarajatlar farqi asosida o‘zini oqlash muddati taxminan 14 yil ekanligi aniqlandi. Natijalar mavjud turar joy fondining energiya samaradorligini oshirishda tashqi devorlarni termik modernizatsiyalashning iqtisodiy jihatdan baholanishi muhimligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: tashqi devor, issiqlik izolyatsiyasi, kapital xarajatlar, ekspluatatsion xarajatlar, o‘zini oqlash muddati,issiqlik uzatish.