O‘ZBEK ZAMONAVIY ESTRADA MUSIQASIDA MILLIYLIK VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGI MUAMMOSI (XXI ASR YOSHLARI NIGOHIDA)
Moxlaroy InomjonovaFarg‘ona davlat universiteti pedagogika psixologiya va san’atshunoslik fakulteti musiqiy ta’lim va sah’at yo‘nalishi II-kurs magistri
2026uz
Ochiq kirishOltin
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Maqolada XXI asrda o‘zbek zamonaviy estrada musiqasida milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi muammosi yoshlar nigohida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida estrada san’atining tarixiy rivojlanish bosqichlari, globallashuv va raqamli texnologiyalar ta’sirida milliy an’analarning transformatsiyasi, yoshlarning estetik qarashlari va musiqiy afzalliklari o‘rganiladi. Milliy musiqiy merosning zamonaviy janrlar bilan sintezi jarayonidagi muammolar va istiqbollar belgilanadi. Maqolada sotsiologik kuzatuvlar va nazariy tahlil asosida uyg‘unlikning optimal modellari taklif etiladi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos1 ta foydalanilgan manba