ZAMONAVIY MUSIQA O‘QITUVCHISINING REFLEKSIV VA SELF-MENEJMENT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy musiqa o‘qituvchisining professional kompetentligini rivojlantirishda refleksiv va self-menejment kompetentligining mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilishi hamda pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda, avvalo, refleksiv kompetentlik tushunchasiga alohida e’tibor qaratilib, uning o‘qituvchining o‘z pedagogik faoliyatini anglash, tahlil qilish, baholash, mavjud muammolar sabablarini aniqlash va kelgusidagi faoliyatini takomillashtirish qobiliyati sifatidagi mazmuni ochib beriladi. Musiqa ta’limi jarayonida refleksiya o‘qituvchining nafaqat metodik faoliyatini, balki o‘quvchilarning musiqiy-estetik idroki, ijodiy faolligi va emotsional munosabatini kuzatish hamda tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, self-menejment kompetentligi vaqtni boshqarish, maqsad qo‘yish, ustuvor vazifalarni belgilash, pedagogik stressni boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va kasbiy rivojlanishni rejalashtirish bilan bog‘liq jarayon sifatida yoritiladi. Maqolada refleksiya va self-menejmentning o‘zaro bog‘liqligi hamda zamonaviy musiqa o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan