MUSIQA O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH VA UNING O‘QUVCHILAR FAOLLIGIGA TA’SIRI
Annotatsiya
Maqolada musiqa o‘qituvchilarining pedagogik kreativligini rivojlantirish masalasi va uning o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligiga ta’siri tahlil qilinadi. Pedagogik kreativlik zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompetentligini belgilovchi muhim jihatlardan biri sifatida qaralib, uning dars jarayonida yangi pedagogik g‘oyalarni yaratishi, nostandart metodlardan foydalanishi, o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olishi hamda ijodiy muhitni shakllantirishi bilan izohlanadi. Musiqa ta’limida kreativ yondashuv tinglash, kuylash, ijro, improvizatsiya, musiqiy tahlil va ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini kuchaytirishi mumkin. Maqolada pedagogik kreativlikning asosiy komponentlari, uni rivojlantirish shartlari hamda o‘quvchilar faolligiga ta’sir mexanizmlari yoritiladi.
Hali tarjima qilinmagan