Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YOSHLARNING OTA-ONALIK ROLIGA PSIXOLOGIK TAYYORLIGINI TADQIQ QILISH METODOLOGIYASI VA METODLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada yoshlarning ota-onalik rolini bajarishga psixologik tayyorgarligini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari, diagnostik imkoniyatlari hamda amaliy tadqiqotlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan psixodiagnostik va psixologik metodlar tizimli ravishda yoritiladi. Zamonaviy jamiyatda oila institutining mazmuni, oilaviy qadriyatlar, gender rollari va ota-onalik haqidagi tasavvurlarning o‘zgarib borishi yoshlarni oilaviy hayotga psixologik jihatdan tayyorlash masalasini yanada dolzarb qilmoqda. Ota-onalikka tayyorlik faqat farzand ko‘rishga bo‘lgan istak yoki biologik imkoniyat bilan belgilanmay, balki shaxsning emotsional yetukligi, kognitiv tayyorgarligi, mas’uliyatni qabul qilishi, oilaviy va ijtimoiy rollarni anglash darajasi, muloqot kompetensiyasi hamda real tarbiyaviy vaziyatlarda tegishli xulq-atvorni namoyon eta olish qobiliyatini ham qamrab oluvchi murakkab psixologik hodisa sifatida qaraladi. Shu nuqtayi nazardan, tadqiqotda ota-onalikka tayyorlikni baholashga xizmat qiluvchi so‘rovnoma va anketa usullari, chuqurlashtirilgan intervyu, fokus-guruh, maxsus psixodiagnostik metodikalar, proyektiv testlar, emotsional holatni aniqlash vositalari, simulyatsion va rolli o‘yinlar hamda virtual reallik texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tizimlashtiriladi. Bunday kompleks yondashuv ota-onalikka tayyorlikning nafaqat tashqi va miqdoriy, balki ichki motivatsion, emotsional va shaxsiy jihatlarini ham aniqlash imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar