RЕGЕNЕRATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA TUPROQ DЕGRADATSIYASINI BARTARAF ETISH VA QISHLOQ XO'JALIGI ISHLAB CHIQARISHI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION MЕXANIZMLARI
Annotatsiya
Maqolada regenerativ yondashuvlar asosida tuproq degradatsiyasini bartaraf etish va qishloq xо'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning agroekologik-iqtisodiy va innovatsion mexanizmlari tadqiq etilgan. Tuproq degradatsiyasi, shо'rlanish, eroziya, organik moddalar kamayishi va suv resurslaridan samarasiz foydalanish muammolari tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Regenerativ qishloq xо'jaligining minimal ishlov berish, No-till, agrobioxilma-xillik, tuproqni organik qoplash, chorvachilikni integratsiyalash va suv resurslarini samarali boshqarish kabi asosiy tamoyillari tizimlashtirilgan. Uning samaradorligini tuproq salomatligi, suv unumdorligi, resurs sarfi, hosildorlik, tannarx va fermer daromadi kabi ekologik-iqtisodiy kо'rsatkichlar asosida kompleks baholash yondashuvi taklif etilgan. Natijada regenerativ qishloq xо'jaligi О'zbekiston sharoitida resurs tejamkorligi, fermer daromadlari va agroekotizim barqarorligini ta'minlovchi innovatsion mexanizm sifatida asoslangan.