INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “HAPPINESS” VA “BAXT” KONSEPTLARINING FREYM-SEMANTIK TAHLILI
Haydarov Anvar AskarovichBuxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasiDilorom O‘tkir qizi AbduraxmonovaBuxoro davlat universiteti II bosqich magistr
2026
Ochiq kirishBronza
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi “happiness” hamda “baxt” mental-emotsional konseptlarining kognitiv tuzilishi freym-semantik yondashuv asosida o‘rganiladi. Ish davomida har ikki madaniyatda mazkur konseptlarning shakllanishida ishtirok etuvchi kognitiv slotlar (Experiencer/Subyekt, Stimulus/Manba, State/Holat, Degree/Daraja) belgilandi va ularning milliy-madaniy o‘ziga xosliklari atroflicha tahlil qilindi. Tahlilning empirik bazasini leksikografik manbalar hamda J.Londonning “Martin Iden” va A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asarlaridan olingan lingvistik va frazeologik birliklar tashkil etadi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba