POSTPENITENSIAR DAVRDA SHAXSNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHUVI:ASOSIY TO‘SIQLAR VA QO‘LLAB QUVVATLASH YO‘LLARI
Jumaboy Soliyevich IskandarovAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi
2026uz
Ochiq kirishBronza
ABI
Annotatsiya
Maqolada ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan shaxslarning jamiyatga qayta moslashuvi (reintegratsiya) jarayonidagi asosiy psixologik muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotning metodologik asosi, usullari va statistik qayta ishlash tartibi bayon etilgan. Stigmatizatsiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi, tashvish va depressiya, o‘zini past baholash hamda ish bilan bandlik muammolari moslashuvning asosiy to‘siqlari sifatida ko‘rsatilgan. Maqolada psixologik, ijtimoiy va institutsional yechimlardan iborat kompleks reintegratsiya modeli taklif etiladi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos6 ta foydalanilgan manba