Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SHARQ VA G‘ARB ADABIYOTIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI VA ULARNI SHAKLLANTIRUVCHI MOTIVLAR

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Sharq va G‘arb adabiy an’analarida tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini hamda ushbu obrazni shakllantiruvchi asosiy motivlar qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tarixiy shaxsning badiiy obrazga aylanish jarayonida tarixiy fakt, kollektiv xotira, muallif dunyoqarashi, milliy-madaniy qadriyatlar va badiiy tasavvur o‘rtasidagi o‘zaro munosabat muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda tarixiy shaxs obrazi real tarixiy voqelikning oddiy nusxasi emas, balki muayyan davrning estetik, axloqiy, siyosiy va ijtimoiy qarashlarini aks ettiruvchi murakkab semantik konstruktsiya sifatida talqin qilinadi. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Gulbadanbegimning “Humoyunnoma” hamda Christopher Marlowening “Edward II” asarlari asosida tarixiy shaxs obrazining ayrim muhim xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, hokimiyat, vatanparvarlik, urush va tinchlik, muhabbat, sadoqat, xiyonat, fidoyilik, adolat, tarixiy xotira va shaxsiy fojia kabi motivlarning tarixiy obrazni shakllantirishdagi funksiyasi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari tarixiy shaxs obrazining turli adabiy an’analarda o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘lishini, shu bilan birga, hokimiyat, shaxs va davlat munosabati, adolat, sadoqat va tarixiy xotira kabi umumiy muammolarni ifodalashini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar