INKLYUZIV TA'LIMDA NUTQ BUZILISHLARIGA EGA BOLALARNI QO'LLAB-QUVVATLASHNING HAMKORLIKKA ASOSLANGAN PEDAGOGIK MODELI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada inklyuziv ta'lim sharoitida nutq buzilishlari bo'lgan bolalarni pedagogik va kommunikativ jihatdan qo'llab-quvvatlash jarayonida logoped, sinf o'qituvchisi, maxsus pedagog hamda ota-onalar o'rtasidagi hamkorlikning didaktik va kommunikativ imkoniyatlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlar hamda O'zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy asoslarini o'rganish orqali umumiy funksional maqsadlarni belgilash, hamkorlik ishtirokchilarining vazifalari va mas'uliyatini taqsimlash, ta'lim jarayoniga moslashtirilgan pedagogiklogopedik usullarni qo'llash hamda muntazam qayta aloqa mexanizmlariga asoslangan hamkorlikning konseptual modeli ishlab chiqilgan. Shuningdek, mazkur modelning inklyuziv sinfda bolalarning kommunikativ faolligini qo'llab-quvvatlash, individual ta'lim ehtiyojlarini hisobga olish va mutaxassislar hamda ota-onalar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni muvofiqlashtirishdagi metodik imkoniyatlari yoritilgan. Taklif etilgan mualliflik modeli nazariy-metodik tavsiya sifatida taqdim etilgan bo'lib, uning samaradorligi empirik tadqiqot natijalari asosida baholanmagan.