MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYADA TARJIMONNING VOSITACHILIK ROLI: O‘ZBEKISTON TURIZM DISKURSIDAGI LINGVISTIK VA PRAGMATIK MUAMMOLAR
Annotatsiya
Maqolada tarjima madaniyatlararo kommunikatsiyaning vositachilik mexanizmi sifatida O‘zbekiston turizm diskursi misolida tahlil qilinadi. Empirik material sifatida Uzbekistan Travel portalidagi o‘zbek va ingliz tillaridagi parallel sahifalardan mahalla, oqsoqol, fotiha to‘yi, non sindirish, hashar, dasturxon, ko‘pkari, Navro‘z va hayit kabi madaniy jihatdan belgilangan birliklar tanlandi. Tadqiqot lingvistik ekvivalentlik bilan cheklanmay, qabul qiluvchi auditoriya uchun madaniy ssenariyni anglatish, begonalik darajasini boshqarish, pragmatik tushunarlilikni ta’minlash va turistik matnning jalb etuvchi funksiyasini saqlash mezonlariga asoslanadi. Tahlil transliteratsiya, transliteratsiya va gloss, tavsifiy tarjima, funksional muqobil hamda madaniy almashtirish strategiyalarining turli natijalarini ko‘rsatdi. Mahalla va hashar kabi birliklarda nomni saqlab, qisqa izoh berish madaniy identifikatsiya va tushunarlilikni uyg‘unlashtiradi; non sindirishni “breaking a cake” tarzida berish esa denotativ obyekt va marosimiy konnotatsiyani qisman o‘zgartiradi. Maqolada turizm tarjimasi uchun besh bosqichli madaniy vositachilik kontinuumi taklif qilinadi.
Hali tarjima qilinmagan