Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ASLIYAT VA FRANSUZCHA TARJIMALARDAGI TOPONIMLARNING STRUKTUR-GRAMMATIK MODELLARI

Valijon Mamadjonov AlixanovichNamangan davlat chet tillar instituti nemis va fransuz tillari kafedrasi mustaqil tadqiqotchi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada "Boburnoma" asliyati va fransuzcha tarjimalaridagi toponimlarning strukturaviy-grammatik mo - dellari o'rganiladi. Tadqiqotning maqsadi nomlarning komponent tarkibi, so'z yasalishi, sintaktik bog'lanishi va geografik indikator maqomini qiyosiy tavsiflashdan iborat. Sodda, yasama, qo'shma, birikmali va izofali birliklar alohida tahlil qilinadi. Fransuz tilidagi transkripsiya, de predlogi ishtirokidagi konstruksiyalar, kalka, transpozitsiya, ekspansiya va kompressiya hodisalari yoritiladi. Muallif strukturaviy moslikni so'zma-so'z tenglik emas, balki grammatik munosabatning funksional saqlanishi sifatida talqin qiladi. Ilmiy yangilik sifatida indikator maqomi va tarjima transformatsiyasini birlashtiruvchi qiyosiy model taklif etiladi. Natijalar tarixiy shakl, kategorial ma'no va fransuz tilida so'zlashuvchi o'quvchi uchun tushunarlilik o'rtasida muvozanatni saqlash zarurligini ko'rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba