TA'MINOT ZANJIRIDA BIZNES JARAYONLARINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Annotatsiya
Ta'minot zanjirida biznes jarayonlari samaradorligini oshirishning nazariy asoslari va amaliy yo'nalishlari tadqiq etilgan. Zamonaviy bozor sharoitida raqobat nafaqat alohida korxonalar, balki ularning ta'minot zanjirlari o'rtasida ham shakllanishi ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot doirasida SCOR modeli, tejamkor ishlab chiqarish (Lean) konsepsiyasi, biznes jarayonlarini qayta loyihalash hamda raqamli texnologiyalarga oid ilmiy manbalar qiyosiy tahlil qilingan. Ta'minot zanjirining rejalashtirish, xarid qilish, ishlab chiqarish, yetkazib berish va qaytarish bosqichlarida samaradorlikni pasaytiruvchi asosiy omillar aniqlangan. Tahlil natijalariga ko'ra, biznes jarayonlarini xaritalash va standartlashtirish, resurs yo'qotishlarini kamaytirish, axborot oqimlarini integratsiyalash, talabni prognozlash, yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ta'minot zanjirining uzilishlarga chidamliligini oshirish hamda samaradorlikni baholash ko'rsatkichlari tizimini joriy etishga qaratilgan o'zaro bog'liq yettita ustuvor yo'nalish taklif etilgan. Tadqiqot natijalari O'zbekiston korxonalarida ta'minot zanjirlarini boshqarish va biznes jarayonlarini takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.