"TARBIYA" DARSLARIDA RAQAMLI HIKOYALAR ORQALI O'QUVCHILARDA HALOLLIK, MAS'ULIYAT VA MEHR-OQIBAT FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH
Abdullayeva Surayyo BabojonovnaUrganch davlat universiteti tadqiqotchisi
2026uz
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda "Tarbiya" fanini o'qitishda raqamli hikoyalardan foydalanish orqali o'quvchilarda halollik, mas'uliyat va mehr-oqibat fazilatlarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Raqamli hikoyalarning tarbiyaviy mazmuni, o'quvchilarning axloqiy vaziyatlarni tahlil qilishi, qahramonlar xatti-harakatlariga baho berishi va mustaqil xulosa chiqarishiga ta'sir etuvchi metodik omillar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli hikoyalarni dars jarayoniga integratsiya qilish bosqichlari, amaliy topshiriqlar va o'quvchilarda axloqiy fazilatlarning shakllanishini baholash mezonlari taklif etilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba