MAHALLIY RUDADAN TEMIR(III) XLORID KOAGULYANTI OLISH TEXNOLOGIYASINING MODDIY BALANSI VA TEXNIK-IQTISODIY BAHOLANISHI.
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ishning maqsadi mahalliy temir saqlovchi rudadan xlorid kislotali usulda suyuq temir(III) xlorid koagulyanti olish texnologiyasining moddiy balansini tuzish va uning reagent-energiya tannarxini import koagulyant narxi bilan solishtirishdan iborat. Tebinbuloq koni rudasini 28 % li HCl bilan 1 : 2,0 nisbatda 120 min qayta ishlash sharoiti uchun 1000 kg rudadan 2391 kg suyuq koagulyant (784,5 kg FeCl₃, 32,81 %) va 320 kg quruq kremnezemli qoldiq hosil bo‘lishi aniqlandi. Xlorid kislotaning uchta narx ssenariysida (26,80; 120,40 va 162,40 AQSh dollari/t) 1 t rudani qayta ishlashning reagent-energiya xarajati 78,0–349,2 AQSh dollarini tashkil etadi, kislota ulushi 68,7–93,0 %. 40 % li eritmaga ekvivalent koagulyant tannarxi 44,6–199,7 AQSh dollari/t bo‘lib, 2026 yil avgust oyidagi import narxidan (327,83–483,83 AQSh dollari/t) 2,4–7,3 baravar past. 1 m³ oqova suvni tozalashning reagent xarajati 0,2 kg/m³ dozada 0,007–0,033, 1 kg/m³ dozada 0,037–0,164 AQSh dollarini, «Navoiy IES» AJ uchun import koagulyantga nisbatan yillik tejam 45,8–786,2 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Baholash ish haqi, amortizatsiya va umumzavod xarajatlarini hisobga olmaydi.
Hali tarjima qilinmagan