Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BOJSIZ OLIB KIRISH ME'YORLARI, SOLIQNI QAYTARISH (TAX FREE) VA CHEGARADAN OSHIB XARID QILISH: BOJXONA IMTIYOZLARINING TURISTIK XARAJATLARGA TA'SIR MEXANIZMI

Qobiljon ErgashevOʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Bojxona instituti "Bojxona nazorati" kafedrasi dotsenti iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada bojsiz olib kirish me'yorlari, chet el fuqarolariga qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (Tax Free) tizimi va jismoniy shaxslar uchun yagona bojxona toʻlovi turistik talab va xarajatlarga ta'sir qiluvchi turizm siyosati dastaklari sifatida tadqiq etilgan. Chegaradan oshib xarid qilish nazariyasi asosida bozor radiusi formulasi ishlab chiqilib, bojsiz olib kirish me'yori va chegarada sarflanadigan vaqt bir-birining oʻrnini bosuvchi vositalar ekani koʻrsatilgan. Turistik oqimning 77,09 foizi oʻtadigan quruqlik kanalida fiskal xizmat hajmi havo kanaliga nisbatan 3,3 baravar kamligi hamda me'yorlarni qoʻllashdagi ikkita normativ boʻshliq asoslangan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba