SANOAT KOOPERATSIYASI SHAROITIDA TEMIR YOʻL MASHINASOZLIGI KORXONALARINING IQTISODIY INTEGRATSIYALASHUV MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Maqolada sanoat kooperatsiyasi sharoitida temir yoʻl mashinasozligi korxonalarining iqtisodiy integratsiyalashuv mexanizmlari tadqiq etilgan. Integratsiyaning vertikal, gorizontal, shartnomaviy va mulkiy shakllari nazariy jihatdan tizimlashtirilib, Oʻzbekiston amaliyotidagi mexanizmlar - xolding ichki integratsiyasi, tarmoqlararo memorandumlar, ishonchli boshqaruv va xususiylashtirish hamda xorijiy kompaniyalar bilan texnologik alyanslar tipologiyasi ishlab chiqilgan. Mexanizmlar mulkiy integratsiya darajasi va texnologik oʻrganish salohiyati boʻyicha pozitsiyalashtirilgan, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash vositalarining integratsiyaga ta'siri baholangan hamda integratsiya shaklini tanlash va uning sof iqtisodiy samarasini aniqlashga doir yondashuv taklif etilgan.