Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

POMIDOR NAV VA DURAGAYLARINING FUZARIOZ SO‘LISH KASALLIGIGA NISBATAN CHIDAMLILIGINI BAHOLASH

Alisher OmonlikovToshkent davlat agrar universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada pomidor nav va duragaylarining Fusarium oxysporum f. sp. lycopersici qo‘zg‘atadigan fuzarioz so‘lish kasalligiga chidamliligi qiyosiy baholangan. Tadqiqotlar 2020-2022 yillarda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi ToshDAU ning o‘quv tajriba uchastkasida o‘tkazilgan. Sun’iy infeksion fonda uchta nav va beshta duragay uch qaytariqda sinalgan. Qo‘zg‘atuvchining A36 shtammi qo‘llanilib, kasallikning tarqalishi va rivojlanishi baholangan. Kuzatuvning 60-kunida kasallikning tarqalishi 8,3-43,6%, rivojlanishi esa 3,2-31,5% oralig‘ida bo‘lgan. Lojain F1 va Otranto F1 duragaylarida kasallik rivojlanishi mos ravishda 3,2% va 4,8% ni tashkil etib, ular chidamli deb baholangan. BT Pembola F1 o‘rtacha chidamli, Yusupov, TMK-22 navlari hamda 42510 F1 va 42301 F1 duragaylari o‘rtacha chidamsiz, Toshkent tongi navi esa chidamsiz deb topilgan. Yuqori chidamli namunalar aniqlanmagan. Olingan natijalar Lojain F1 va Otranto F1 duragaylarini o‘rganilgan sharoitda fuzarioz so‘lishga chidamliligi bo‘yicha istiqbolli namunalar sifatida ajratish imkonini bergan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba