Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SOYA EKININING TUGANAK HOSIL QILISH XUSUSIYATLARIGA BENTONIT QO‘LLASH TARTIBI (ME’YORI, MUDDATI VA USULI) NING TA’SIRI.

Dilshod QoʻziyevQarshi davlat texnika universiteti, Qarshi sh., OʻzbekistonAnvar AbdievQarshi davlat texnika universiteti, Qarshi sh., Oʻzbekiston
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Qashqadaryo viloyatining och tusli boʻz tuproqlarida bentonitni N90P60K90 fonida turli usul, muddat va meʼyorlarda (100–750 kg/ga) qoʻllashning “Oʻzbek-6” soya navining dala unuvchanligi, koʻchat qalinligi, oʻsimlik boʻyi va tuganak hosil qilishiga taʼsiri yoritilgan. Bentonitni ekish bilan birga qoʻllash dala unuvchanligini 84,1 % dan 84,8–87,2 % gacha, koʻchat qalinligini 1,5–6,8 % ga, shonalashdagi tuganaklar sonini 10,1–26,6 % ga, oʻsimlik boʻyini 2,8–5,8 % ga oshirdi. Koʻchat qalinligi bentonit meʼyori (r = 0,925–0,991), dala unuvchanligi (r = 0,924) va tuganaklar soni (r = 0,855) bilan, oʻsimlik boʻyi tuganaklar soni (r = 0,923) bilan kuchli bogʻlangan. Maqbul meʼyor – ekish bilan birga 400 kg/ga.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba