SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TURLI ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYALARINING TA’SIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada Buxoro viloyati Romitan tumani Xalqobod massivi va Buxoro tumani O‘zbekiston massividagi sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarda an’anaviy ishlov berish va No-till texnologiyasining tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha 2023–2025 yillarda olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tuproqning 0–10, 10–30 va 30–50 sm qatlamlarida gumus miqdori I.V. Tyurin usulida, nitrat azoti (N-NO₃), harakatchan fosfor (P₂O₅) va almashinuvchi kaliy (K₂O) miqdori esa tuproqshunoslikda umumqabul qilingan usullarda aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, No-tillda barcha o‘rganilgan agrokimyoviy ko‘rsatkichlar an’anaviy ishlov berishga nisbatan yuqori bo‘lib, eng katta farq tuproqning 0–10 sm qatlamida kuzatildi. Bu qatlamda No-tillda gumus miqdori 0,011–0,021 % ga (1,270–1,293 %), nitrat azoti 1,0–1,2 mg/kg ga, harakatchan fosfor 3,0–4,0 mg/kg ga, almashinuvchi kaliy esa 5–7 mg/kg ga yuqori bo‘ldi. Chuqurroq qatlamlarda variantlar o‘rtasidagi farq kichik bo‘lib, nitrat azoti miqdori deyarli bir xil bo‘ldi. Olingan natijalar No-till sharoitida o‘simlik qoldiqlarining tuproq yuzasida saqlanishi hisobiga organik modda va oziqa elementlarining ustki qatlamda to‘planishini ko‘rsatadi. Bu esa No-till texnologiyasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar unumdorligini saqlashdagi ahamiyatini tasdiqlaydi.