Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUYUQ VANNADA ERITISH JARAYONIDA HOSIL BO'LADIGAN MIS SHLAKLARINI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY HOLATI VA ILMIY-TEXNOLOGIK ISTIQBOLLARI

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada suyuq vannada eritish jarayonida hosil bo'ladigan mis metallurgiyasi shlaklarini kambag'allashtirish va ular tarkibidagi mis, temir, oltin, kumush hamda boshqa qimmatli komponentlarni kompleks ajratib olish bo'yicha so'nggi o'n yillikda jahon va O'zbekiston olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Mis shlaklarining hosil bo'lish mexanizmlari, kimyoviy-mineralogik tarkibi, metallarning shlak va shteyn fazalari orasida taqsimlanish qonuniyatlari hamda ularning texnologik jarayonlarda yo'qotilishiga ta'sir etuvchi fizik-kimyoviy omillar ko'rib chiqilgan. Shlaklarni qaytaruvchi va sulfidlovchi eritish, flotatsion boyitish, magnitli separatsiya, oksidlovchi-qaytaruvchi kuydirish hamda gidrometallurgik tanlab eritish usullariga oid ilmiy natijalar qiyosiy baholangan. Xususan, magnetitning qaytarilishi, shlak qovushqoqligining kamayishi, metall va shteyn tomchilarining yiriklashishi hamda cho'kish jarayonlarining qimmatli komponentlarni ajratib olish samaradorligiga ta'siri yoritilgan. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ mis eritish ishlab chiqarishida hosil bo'ladigan shlaklarning mineralogik xususiyatlari va resurs salohiyati alohida tahlil qilinib, mavjud texnologiyalarning afzalliklari, cheklovlari va takomillashtirish imkoniyatlari aniqlangan. Adabiyotlar tahlili asosida suyuq shlaklarni dastlabki pirometallurgik kambag'allashtirish, mis va nodir metallarni shteyn fazasiga konsentratsiyalash hamda qoldiq shlakdan temir va boshqa komponentlarni ajratib olish jarayonlarini o'zaro uyg'unlashtirish istiqbolli yo'nalish ekanligi asoslangan. Tadqiqot natijalari mis metallurgiyasi texnogen chiqindilaridan kompleks foydalanishga qaratilgan yangi resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba