KICHIK BIZNESDA INQIROZ XAVFINI ERTA ANIQLASH TIZIMINING IQTISODIY SAMARADORLIGI: KUTILAYOTGAN YO‘QOTISHLAR YONDASHUVI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada kichik biznes subyektlarida inqiroz xavfini erta aniqlash tizimining iqtisodiy samaradorligini baholashdagi asosiy metodologik qiyinchilik – samaraning yuz bermagan, ya’ni oldi olingan yo‘qotish ko‘rinishida shakllanishi masalasi tahlil qilingan. Muallif tomonidan kutilayotgan moliyaviy yo‘qotishlar konsepsiyasiga asoslangan baholash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u tizim mavjud bo‘lmagan va mavjud bo‘lgan ssenariylarni qiyoslash, sof iqtisodiy samara, foyda va xarajatlar nisbati, sof joriy qiymat, diagnostik xatolar qiymati hamda tizimning zararsizlik nuqtasini hisoblashni o‘z ichiga oladi. Metodikaning qo‘llanilishi shartli kichik xizmat ko‘rsatish korxonasi misolida uch ssenariy bo‘yicha ko‘rsatib berilgan.
Hali tarjima qilinmagan