TOYLOQ TUMANIDA KICHIK BIZNES RIVOJLANISHINING TARKIBIY TENDENSIYALARI VA IQTISODIY OMILLARI
Annotatsiya
Tuman darajasida kichik biznesning tarmoq tuzilmasini o'rganish, ayniqsa tarkibiy jarayonlar jadal kechadigan shahar atrofi hududlarida muhim ahamiyatga ega. Maqolada Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida Toyloq tumanida 2020–2025-yillarda kichik korxona va mikrofirmalar soni hamda ular faoliyati hajmining tarkibi tahlil qilingan. Lokalizatsiya koeffitsiyenti, Kazinets, Ryabtsev va Gatev indekslari hisoblangan. Natijalar 2020–2024-yillarda tuman tarkibida sezilarli o'zgarishlar yuz berganini (Ryabtsev indeksi 0,476, viloyatda 0,050) hamda sanoat va qurilish yo'nalishlarining mavqei ortib borayotganini ko'rsatgan. Kichik biznesni sanoatlashtirishning hududiy omillari asoslangan va tuman miqyosida rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.