Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KICHIK BIZNESNI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI BAHOLASH VA TAKOMILLASHTIRISHNING EKONOMETRIK MODELLARI

Shahnoza Jurayevna KabilovaQarshi Davlat Universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish hamda uning samaradorligini baholash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida tashkiliy-institutsional, iqtisodiy-moliyaviy va raqamli-innovatsion ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan integral samaradorlik indeksi (Itebm) ishlab chiqildi. Kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarish hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik raqamlashtirish xarajatlari va institutsional muhit indeksini an’anaviy mehnat va kapital omillari bilan birga o‘z ichiga olgan modifikatsiyalangan Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi asosida ekonometrik modellashtirildi. Empirik baholash natijalari raqamli transformatsiya va institutsional sifat omillarining elastiklik koeffitsiyentlari yuqori ekanligini, bu esa boshqaruv mexanizmini modernizatsiya qilishda mazkur yo‘nalishlarga ustuvorlik berish zarurligini ko‘rsatdi. Olingan xulosalar kichik biznesni strategik rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar