Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

NESTORIANLIKNING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI TARIXIGA OID

Odiljon ErnazarovAssociate Professor, PhD International Islamic Studies Academy of UzbekistanAbdurahmon TursunaliyevStudent International Islamic Studies Academy of Uzbekistan
2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda xristianlikning, xususan, nestorianlik e’tiqodining tarqalish tarixi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, nestorianlikning Vizantiyadagi teologik ziddiyatlar sababli Sosoniylar hududiga ko‘chishi, qator cherkov kengashlari orqali mustaqillikka erishuvi hamda Markaziy Osiyodagi turkiy-mo‘g‘ul qabilalari (kerayitlar, naymanlar, ongutlar) orasida yoyilishi o‘rganilgan. Sharq cherkovining missionerlik strategiyasidagi o‘ziga xos jihatlari, jumladan, Nisibis maktabining o‘rni va tibbiyotning diniy da’vat bilan uyg‘unlashuvi masalalari muhokama qilingan. Xristian tabiblarining yunon tibbiyoti asosida mahalliy shamanistik an’analardan ko‘ra samaraliroq muolajalar o‘tkazishi Iso Masihni «buyuk tabib» sifatida tanitishga xizmat qilgani asoslangan. Bundan tashqari, V–VIII asrlardagi «So‘g‘d davri»da Ipak yo‘li orqali savdo tarmog‘ini yaratgan so‘g‘diylar orasida e’tiqodning yoyilishi, ularning suriyoniy yozuvidan foydalanishi (xristian so‘g‘d yozuvi) Turfon vohasidan topilgan qo‘lyozmalar asosida tahlil etilgan. Maqolada nestorianlikning ko‘chmanchi turk-mo‘g‘ul qabilalari (kerayitlar, naymanlar, o‘ng‘utlar) orasida yoyilishi, xususan, XI asrda 200 ming kerayitning ommaviy xristianlashuvi jarayonida cherkovning pragmatik yondashuvlari (go‘sht o‘rniga sut bilan ro‘za tutishga ruxsat berilishi) hamda Mo‘g‘ul imperiyasida Sorxaktani-begim va Do‘quz- xotun kabi nufuzli malikalarning xristianlarni himoya qilgani kabi tarixiy faktlar keltirilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba