OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA ILMIY-MASLAHAT XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI EKOTIZIMNING O'RNI
Nafisa NorboevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot xavfsizligi kafedrasi dotsenti
2026uz
ABI
Annotatsiya
Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-maslahat xizmatlari samaradorligini oshirishda raqamli ekotizimning tashkiliy-iqtisodiy ahamiyati tadqiq etilgan. Ilmiy-maslahat xizmatlarini raqamlashtirish hamda universitetlar va real sektor korxonalari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish doirasida buyurtmalarni boshqarish, elektron shartnomalar tuzish, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish va xizmatlar sifatini monitoring qilish jarayonlarini yagona raqamli platformaga integratsiyalashning afzalliklari asoslangan. Shuningdek, ilmiy-maslahat xizmatlari samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan raqamli ekotizim mexanizmi taklif etilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba