Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

STIROL SINTEZINING ZAMONAVIY VA INNOVATSION USULLARI TENDENSIYALARI

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida stirol ishlab chiqarishning istiqbolli va innovatsion texnologiyalari sharhlangan. Stirol neft-kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridan biri boʻlib, polistirol, penopolistirol, butadien-stirol kauchuklari, akrilonitril-butadien-stirol plastiklari, shuningdek, turli polimerlar, sopolimerlar, yelimlar, lak-boʻyoq va qurilish materiallarini ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi. Uning sanoatdagi keng qoʻllanishi stirol olish texnologiyalarini takomillashtirish va yangi sintez usullarini ishlab chiqish zaruratini belgilaydi. Hozirgi vaqtda etilbenzolni yuqori haroratda katalitik degidrogenlash hamda propilen oksidi va stirolni gidroperoksid usulida birgalikda ishlab chiqarish asosiy sanoat texnologiyalari hisoblanadi. Maqolada toluolni yon zanjir boʻyicha alkillash reaksiyasi mexanizmini oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar ham yoritilgan. Bundan tashqari, uglevodorod xomashyosi va etilbenzol pirolizi mahsulotlaridan stirol sintez qilish, polistirol chiqindilaridan stirolni qayta olish, asetofenonni katalitik oʻzgartirish hamda metilfenilkarbinol saqlovchi xomashyoni kislotali katalizator ishtirokida rektifikatsiya kolonnasida qayta ishlash kabi istiqbolli yoʻnalishlar koʻrib chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba