Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BUDJETLARARO MUNOSABATLAR VA TRANSFERTLAR TIZIMINING MAZMUN-MOHIYATI VA O'RGANISHGA BO'LGAN NAZARIY YONDASHUVLAR

Феруз Хуршид угли ХакимовO'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi 1-bosqich tayanch doktoranti
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada budjetlararo munosabatlar va fiskal transfertlar tizimining konseptual-nazariy asoslari hamda ularning hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida birinchi avlod fiskal federalizmi, Ch. Tibuning "oyoqlar bilan ovoz berish" modeli hamda P. Krugmanning "Markaz-Periferiya" nazariyasi asosida transfert siyosatining iqtisodiy ragʻbatlarga ta'siri baholangan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq transfert turlari tasniflanib, ularning vaqt me'yorlari va kassa uzilishlarini qoplash mexanizmlari tizimlashtirilgan. Shuningdek, xorijiy tajriba, xususan, Xitoy va AQShning transfert fondlarini shakllantirish modellari qiyosiy tahlil etilgan. Tahlillar asosida mahalliy budjetlarning transfertlarga qaramligini kamaytirish va hududlararo nomutanosibliklarni yumshatish boʻyicha ilmiy xulosalar shakllantirilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba