RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MILLIY IQTISODIYOT SANOATLASHUVINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot va raqamli transformatsiya sharoitida milliy iqtisodiyot sanoatlashuvining ustuvor yo'nalishlari ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Sanoat ishlab chiqarishida raqamli texnologiyalarni joriy etish, sun'iy intellekt, sanoat interneti, robototexnika va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Sanoatlashuvning miqdoriy ko'rsatkichlari bilan bir qatorda, texnologik rivojlanish, innovatsion faollik, mehnat unumdorligi va resurslardan foydalanish samaradorligini hisobga olish zarurligi asoslangan. Shuningdek, O'zbekiston sanoatini texnologik modernizatsiya qilish, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat korxonalarining raqamli salohiyatini rivojlantirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.