Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

"YASHIL KIMYO" SANOATINI RIVOJLANTIRISH VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Madinabonu Fozil qizi IsmatulloyevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada "yashil kimyo" sanoatining rivojlanish tendensiyalari, nazariy-uslubiy asoslari hamda xalqaro va milliy darajadagi o'ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Kimyo sanoatida ekologik xavfsizlikni ta'minlash, energiya va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, xavfli kimyoviy moddalar ajralishi va issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish, shuningdek, qayta tiklanuvchi hamda ikkilamchi xomashyodan foydalanishning iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. "Yashil kimyo"ning asosiy tamoyillari, jahon bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, kam uglerodli ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish, aylanma iqtisodiyotga o'tish, kimyoviy xavfsizlikni ta'minlash va ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) tamoyillarini joriy etish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida kimyo sanoatining ekologik va iqtisodiy samaradorligini oshirish, xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda barqaror rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba