MAMLAKATIMIZDA BANDLIK SIYOSATI RIVOJLANISHINING TARIXIY BOSQICHLARI
Annotatsiya
Mamlakatimizda bandlik siyosatining rivojlanish bosqichlari, uning hozirgi holati hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, ularni oqilona taqsimlash va boshqarish masalalari iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillari sifatida tahlil qilingan. Bandlik siyosatining tarixiy rivojlanish jarayonida barqarorlashtirish bosqichi, yashirin ishsizlikning shakllanishi, rasmiy ishsizlik darajasi va inson omili ustuvorligining ahamiyati yoritilgan. Xizmatlar sektorida bandlik siyosatining iqtisodiy mohiyati, mehnat bozori institutlarining vazifalari hamda Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning strategik ahamiyati ko'rib chiqilgan. Shuningdek, xizmatlar sektorida norasmiy bandlikning o'ziga xos xususiyatlari, o'zini o'zi band qilish tizimining rivojlanishi va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog'liq masalalar o'rganilgan.