Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Issiqlik izolyatsiyalovchi sement bloklari uchun ko‘pchitilgan vermikulit sirtining morfologiyasiga turli modifikatsiya usullarining ta’siri

uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu ishda ko‘pchitilgan vermikulitning turli kimyoviy va fizik-kimyoviy modifikatsiyalarda morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish natijalari taqdim etilgan. Ishqoriy faollashtirish, silikat bilan ishlov berish, silanlar yordamida gidrofoblash, shuningdek, ularning kombinatsiyasi usullari qo‘llanilgan. Modifikatsiyalangan vermikulitning mikrostrukturasi skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) yordamida tahlil qilingan. Sement matritsasi bilan adgeziyani oshiradigan va beton kompozitining g‘ovakligini kamaytirishga yordam beradigan sirt morfologiyasidagi xarakterli o‘zgarishlar aniqlangan.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba