Sport turlari kesimida portlash qobiliyati va temperament tiplari o‘rtasidagi bog‘liqlik
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada turli sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning portlash qobiliyati ko‘rsat kichlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda vertikal sakrash balandligi asosiy baholash mezoni sifatida qo‘llanildi. Olingan natijalar sport turlariga qarab portlash qobiliyati darajasida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi: kuch va tezlikka yo‘naltirilgan sport turlarida ushbu ko‘rsatkichlar yuqori, chidamlilikka asoslangan sport turlarida esa nisbatan past ekani aniqlandi. Shuningdek, sportchilarning yoshi ortishi bilan portlash qobiliyatining oshishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari sportchilarni saralash, tayyorlash hamda mashg‘ulot jarayonini ilmiy asosda rejalashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.