Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ANDIJONNING TURLI YOSHDAGI QISHLOQ AXOLISI POPULYATSIYASIDA ASOSIY YUQUMSIZ KASALLIKLARNI EPIDEMIOLOGIYASI VA XAVFINI XUDUDIY XOS TAVSIFINI ASPEKTLARI

uz
ABI

Annotatsiya

Jahonda asosiy yuqumsiz kasalliklar kelib chiqishining xududiy xususiyatlari va ularni turli shakllarining profilaktikasi tadbirlarini yaratib takomillashtirishga qaratilgan epidemiologik ilmiy tadqiqotlarga aloxida e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, asosiy yuqumsiz kasalliklarning rivojlanish xavfini «…epidemiologik markerlar» - xatar omillar asosida erta aniqlanish va bashoratlash usullarini joriy etish, turli xususiyatli axoli populyatsiyalarida, muhim vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Xalqaro miqyosda bajarilgan tadqiqotlarda va xamjamiyatlarda asosiy yuqumsiz kasalliklar xozirgi davrda jamiyat va axoli uchun «chidab bo‘lmaydigan darajadagi yuqori global yuk» deb ta’riflanadi va barcha mamlakatlarda ularga qarshi kompleks integrallashgan ilmiy yondashuv doirasidagi chora – tadbirlar ishlab chiqish, darkorligi ta’kidlanadi va tavsiya etiladi. Xar yili dunyoda 41 mln o‘lim xolati asosiy yuqumsiz kasalliklar tufayli yuz beradi va 15 mln odam juda yosh o‘lib ketadi. G‘arb tibbiyoti hisoblaydiki, profilaktikaning natijasi (axoli salomatligi) 50% ga – hayot sharoiti va tarzi bilan, 20% ga – atrof muhit xolati bilan, 20% - ga – irsiy omillar bilan va 10% - ga – sog‘liqni saqlashni tashkil etish tizimi bilan bog‘liq bo‘ladi. Sharq tibbiyoti esa, profilaktikani natijasi 70% ga fikrlash usuli bilan, 20% ga – hayot tarzi bilan va 10% ga – ovqatlanish tarzi bilan bog‘liq bo‘lib ko‘rinadi deb xisoblaydi. O‘zbekistonda tibbiy profilaktika yo‘nalishi ustuvor ilmiy mavzu xasoblanadi. Shu sababli Respublikamizda yuqumsiz asosiy surunkali kasalliklarni erta aniqlash va tashxislash borasida istiqbolli vazifalar amalga oshirilmoqda, ularni hal etish tibbiyotning «prediktiv – preventiv - profilaktik» sohasini xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqish, shu jumladan yuqori texnologiyali maxsus skrining tashxislish usullarini joriy etish bilan ushbu epidemiologik tus olgan kasalliklarning shakllanishini oldini olish imkonini beradi.

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba