TURLI SABABGA KO‘RA YUZAGA KELGAN YUZ-JAG‘ SOHASIDA YIRINGLI NEKROZ ANIQLANGAN BEMORLARDA IL10 RS1800872, SERPINE1 RS1799768, NOS3 RS2070744, IL1Β RS1143627 TAHLIL NATIJALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot turli etiologik omillar ta’sirida yuzaga kelgan yuz-jag‘ sohasidagi yiringli-nekrotik jarayonlar bilan og‘rigan bemorlarda IL10 rs1800872, SERPINE1 rs1799768, NOS3 rs2070744 va IL1β rs1143627 gen polimorfizmlarining molekulyar-genetik xususiyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalari IL10 geni C592A (rs1800872) polimorfizmi bo‘yicha allellar va genotiplar taqsimlanishi klinik guruhlar hamda nazorat guruhi o‘rtasida sezilarli farqlanishini ko‘rsatdi. Xususan, postkovid sindrom, poliangit va surunkali buyrak yetishmovchiligi fonida kechuvchi yiringli nekrozlarda minor allellarning ulushi va geterozigot hamda gomozi got genotiplar nisbatining o‘zgarishi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar ushbu genetik variantlarning immun javobni tartibga solish, yallig‘lanish jarayonlarining og‘irligi va nekrotik asoratlar rivojlanishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari IL10 va boshqa gen polimorfizmlarini yuz-jag‘ sohasidagi yiringli-nekrotik kasalliklar patogenezini tushuntirishda hamda prognostik va diagnostik biomarker sifatida qo‘llash imkoniyatini asoslaydi.